Skip to Content

Naqd pulsiz ayirboshlash uchun barter marketpleysi

iOS, Android va web uchun bitta Flutter ilova: foydalanuvchilar e’lon joylaydi, taklif yuboradi va tovar yoki xizmatni pulsiz ayirboshlaydi.

Mijoz
Barter platformasi
Soha
Marketpleys, mobil ilova
Holat
Nashrga tayyorlanmoqda
Yil
2026
Ilova bosh sahifasi: qidiruv, kategoriyalar va e’lonlar (demo ma’lumot)Ilova bilan tanishuv ekrani

Vazifa

Barter g‘oyasi ishonch va qulaylikka bog‘liq: foydalanuvchi e’lonni tez joylashi, mos taklifni topishi va kelishuvni xavfsiz yakunlashi kerak. Ilova bir vaqtda uchta platformada ishlashi talab qilindi.

Yechim

Bitta Flutter kod bazasi iOS, Android va web uchun; o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Lenta, e’lon, taklif va kelishuv, profil va SMS orqali kirish modullari; shikoyat va bloklash, hisobni o‘chirish imkoniyati.

FastAPI va PostgreSQL asosidagi backend, ixtiyoriy AI yordamchi xizmati.

Natija

Ilova iOS simulyatori va web’da muvaffaqiyatli yig‘iladi, avtomatik testlar o‘tadi. App Store va Google Play’ga nashr qilish uchun yakuniy sozlamalar tayyorlanmoqda.

Bitta kod, uchta platforma.

Lenta va e’lonlar

Kategoriyalar, qidiruv va e’lon yaratish.

Taklif va kelishuv

Ayirboshlash taklifi, muloqot va kelishuv holati.

Xavfsizlik

SMS orqali kirish, shikoyat, bloklash va hisobni o‘chirish.

Uch til

O‘zbek, rus va ingliz tillari, qulay va accessible interfeys.

Texnologiyalar

FlutterDartFastAPIPostgreSQLDockerFirebase

Loyihangizni muhokama qilamiz

Qisqacha vazifangizni yozing. Birinchi suhbatdan yechim yo‘lini birgalikda aniqlaymiz.

Ariza yuborish