Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 16-oktabr, 2026
Kim mas’ul
noveragroup.uz sayti Novera’ga tegishli. Ma’lumotlaringiz bo‘yicha savollar uchun: [email protected].
Qanday ma’lumot to‘playmiz
Ariza yuborsangiz: ismingiz, telefon yoki email, tanlangan xizmat va vazifa tavsifi.
AI baholash funksiyasidan foydalansangiz: siz kiritgan loyiha tavsifi.
Saytga kirganingizda server texnik jurnalga IP manzil, brauzer turi, ochilgan sahifa va vaqtni yozadi.
Sayt Cloudflare Web Analytics orqali umumiy tashrif statistikasini hisoblaydi. U cookie-fayl o‘rnatmaydi va sizni boshqa saytlarda kuzatmaydi. Brauzeringizda faqat tanlangan rang rejimi saqlanadi.
Nima uchun foydalanamiz
Ariza ma’lumotlari faqat murojaatingizga javob berish va taklif tayyorlash uchun ishlatiladi.
Loyiha tavsifi faqat dastlabki taxminiy baho tayyorlash uchun ishlatiladi.
Server jurnallari va statistika saytni himoya qilish, nosozliklarni aniqlash va saytni yaxshilash uchun kerak.
Ma’lumot qayerga boradi
Ariza ma’lumotlari Telegram orqali Novera jamoasining yopiq ish chatiga yuboriladi.
AI baholash uchun loyiha tavsifi Google Gemini xizmatiga yuboriladi. Ism va kontaktlaringiz unga uzatilmaydi.
Sayt trafigi xavfsizlik va tezlik uchun Cloudflare orqali o‘tadi.
Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.
Qancha saqlaymiz
Arizalar va yozishmalar muloqot yoki hamkorlik uchun zarur bo‘lgan muddat davomida saqlanadi.
Server jurnallari 14 kundan keyin avtomatik o‘chiriladi.
Sizning huquqlaringiz
Biz haqingizda qanday ma’lumot saqlayotganimizni bilish, uni tuzatish yoki o‘chirishni so‘rash uchun [email protected] manziliga yozing.
O‘zgarishlar
Siyosat yangilansa, ushbu sahifadagi sana o‘zgaradi.