Skip to Content

cad-ai — AI boshqaradigan muhandislik chizmalari

Tabiiy tildagi so‘rovni o‘lchamlari tekshirilgan, ishlab chiqarishga yaroqli CAD faylga aylantiradigan tizim.

Mijoz
Ichki loyihamiz
Soha
Muhandislik, sun’iy intellekt
Holat
Faol rivojlanmoqda
Yil
2026
cad-ai chizgan lift shaxtasi rejasi (demo loyiha)

Vazifa

Muhandislik chizmasi aniq bo‘lishi shart: chiroyli, ammo o‘lchami noto‘g‘ri chizma ishlab chiqarishda xatoga olib keladi. Oddiy AI generatsiyasi bunday kafolat bermaydi.

Yechim

AI faqat 16 ta ruxsat etilgan vosita orqali chizadi; har bir amal yozish va saqlash chegaralari bilan cheklangan.

Ikki boshqaruv usuli — desktop AI ilovalari MCP protokoli orqali yoki lokal LLM (Ollama, LM Studio) — bitta vositalar qatlamidan foydalanadi.

Chizmadagi o‘lchamlar chizmaning o‘zidan qayta o‘lchab tasdiqlanadi va validator tomonidan tekshiriladi.

Natija

Natija DXF formatida — AutoCAD uni to‘liq o‘qiydi, Windows talab qilinmaydi.

Asosiy bosqichlar yakunlangan, 167 ta avtomatik test o‘tadi.

Chiroyli emas — to‘g‘ri chizma.

Deterministik natija

Bir xil so‘rov bir xil, tekshirilgan chizma beradi.

MCP server

Desktop AI ilovalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish.

Lokal LLM

Ma’lumot tashqariga chiqmasdan, o‘z serveringizdagi modellar bilan ishlash.

O‘lcham validatori

Qatlamlar va o‘lchamlar chizmaning o‘zidan tekshiriladi.

Texnologiyalar

PythonezdxfMCPOllamaLM StudioAutoCAD COM/.NET

Loyihangizni muhokama qilamiz

Qisqacha vazifangizni yozing. Birinchi suhbatdan yechim yo‘lini birgalikda aniqlaymiz.

Ariza yuborish